oshxona.net
Quyuq taomlar

Mazali Tovuq oyoqchalari

Kerakli masalliqlar:

2 kg tovuq oyoqchalar

3-4 dona sarimsoq piyoz

4 osh qoshiq yog´

1-2 osh qoshiq soya limon

6 dona kartoshka

tuz va ziravorlar kerak bo´ladi.

Yog´bilan soyani bitta idishchaga solib olamiz. Tuz va ziravorlarni solib aralashtiramiz.

Tovuq ustiga sarimsoqni maydalab solamiz. Tayyorlab olgan soya sousimizni quyib yahshilab aralashtiramiz.

Gaz listiga tovuqlarni terib chiqamiz. Atrofiga kartoshkani archib yarim cm qalinlikda parrak -parak qilib maydalab terib chiqamiz. Kartoshkaga tuz va ozroq yog´sepamiz.

200 darajada 45-50 daqiqa atrofida qizarguncha pishirib olamiz.

Taomimiz tayyor. Tovuqlarimiz judaham mazali yumshoq bo´lib pishadi. Tayyorlab ko´ring afsuslanmaysiz! Pishgan tovuqni suyak qismini falga qog´ozda  o´rab chiqamiz. Kartoshkani o´rtasiga solib ko´kat sepib dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.