oshxona.net
Quyuq taomlar

Mazali va tezpishar tushlik

Kerakli masalliqlar:


2 dona katta tovuq bo´lagi, tahminan 400-450 gram, 500 gram rangli makaron, 2 dona piyoz, 75 gram pishloq, tuz, murch, 50ml yog´, va ozroq petrushka kerak bo´ladi.

Barcha masalliqlarimizni o´rtacha kattalikda to´g´rab maydalab olamiz. Skavarodkaga yog´ solib filemizni  qovurishni boshlaymiz.

Tovuq filemiz yahshilab qovurilgandan so´ng piyozni solib  qovurishda davom etamiz.

Ko´katimizni ham solib filemaiz tillarang bo´lgyncha qovurib olamiz. Tuz va murch sepib 10- daqiqa dimlab qo ´yamiz.

 

Boshqa idishga suv solib qaynatib olamiz. Qaynagan suvga tuz va yog´solib aralashtiramiz va makaronlarimizni qaynatib  pishirib olamiz.

Pishgandan so´ng suvini to´kib tashlaymiz. Tarelkaga avval makaronlarni solamiz ustidan pishgan filemizni solamiz . Pishloqni mayda qirg´ichdan o´tkazib taomimizni ustiga sepib chiqamiz. Ko´rinishi va mazasi mayin ko´rinishga ega bo´ladi.

Taomimiz tayyor. Judaham tez va oson ham mazalik taom bo´ladi. Har bir makaronda o´zgacha tam va maza bor. 

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.