Quyuq taomlar

Meksikancha tacco makkajuxori chipsida

Kerakli masalliqlar:

 

1 paket tacco chipsi, 150 gram siyma,1 piyola makkajuxori, 2 dona sariq piyoz, 1 dona qizil piyoz, 2 dona pomidor,1 dona bodring, sarimsoq piyoz, 1 piyola qatiq, 1 osh qoshiq mayonez, tacco pripravasi(bo´lmasa shart emas) karam va qalampir kerak bo´ladi.

Qiymani quruq skavarodkaga solib qovurib olamiz. Pripravani solib orqasidan maydalab to´g´ralgan piyozni solib qovuramiz va 1 stakan suv quyib suvi yuq bo´lguncha qaynatib pishirib olamiz. Suvlikkina mayin qiyma hosil bo´ladi.

Qatiqdan mayonez va sarimsoq qo´shib  sous tayyorlab olamiz. Qolgan barcha sabzavotlarni maydalab to´g´rab olamiz. Pishgan qiymani chiqsini orasiga solib navbat bilan barcha sabzavotlani solib ustidan qatiqli sous quyib dasturxon gatortamiz. Taomimiz juda tez va mazali bo´ladi. Qilib ko´rishlaringni tavsiya qilaman. Albatta yoqib qoladi va taomlar menyuingizdan joy oladi.

Spread the love