oshxona.net
Quyuq taomlar

Moshkichiri

Kerakli masalliqlar.

 

300 gram qiyma, 4 dona qizil sabzi, 5 dona piyoz, 1,5 piyol gurunch, 1 kosa mosh, 4-5 dona pomidoq qoqisi,  tuz, 150ml  o´simlik yog ´i  kerak bo´ladi.

Piyozni yarimoy qilib to´g´rab olamiz. Sabzni huddi oshqa to´g´ragandek  qilib to´g´raymiz. Pomidor qoqini maydalab olamiz.(Hohishga qarab solinadi )

Ovqatimzni ustiga qaylasi uchun qiymalik qayla tayyorlab olamiz. Yog´ni qizdirib piyozni va qiymanni yahshilab qovurib olamiz va 15 daqiqaga dimlab qoýamiz.

Alohida qozonda avval piyozni so´ng sabzini solib yahshilab qovuramiz. orqasidan pomidor qoqini va tuzni solib qovurishda davom etamiz.

Sabzini qattiq qovurish shart emas. Chunki uzoq qaynash davomida ezilib ketishi mumkin. Sabzini ustiga moshni yuvib solamiz va 3 litr atrofida suv quyamiz. O´rtacha olovda mosh yorilgunga qadar qaynatamiz.

Mosh yorilgandan so´ng ustiga yuvilgan gurunchni solib yana qaynatishda davom etamiz. Taomimiz gurunch pihguncha va suvi tortguncha pastroq olovda qaynatamiz. Orada suv tugab qolsa qaynagan  suv quyish mumkin.

Pishib tayyor bo´lgan Moshkichirimizni kattaroq tovoqga yoyib solamiz va o´rtasiga qiymali qaylamizni solamiz.

Spread the love

2 Comments

  • Guzal

    Nechi kishiga muljallangan? Va qancha vaqt ketadi? Shu xaqda ma’lumot yozsangiz minnatdor bòlardim.

  • admin

    Salom. Tahminan 6-8 kishiga mo´ljallangan. Hammasi bo´lib o´rtacha 2,5 soat kerak bo´ladi. Masalan mosh pishib yorilishi uchun 1 soat atrofida ketsa, 20-30 daqiqa gurunch pishishi uchun. Qolgan vaqt zirvak qovurib tayyorlashga sarflanadi. Hudo hohlasa kelgusida yangi qo´yib boradigan taomlarimga ketadigan vaqt va nechi kishi uchun tayyorlaganimni yozib boraman. E´tibor uchun katta rahmat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.