oshxona.net
Quyuq taomlar

Nonushtaga qiymali tuhum

Kerakli masalliqlar:

2 kishi uchun:

100 gram qiyma, 2 dona tuhum, yarimta bulg’or qalampiri, 2 dona piyoz, 3 osh qoshiq yog’, ukrop va  tuz kerak bo’ladi .

Piyozni yumaloq qilib o’rtacha qalinlikda to’g’rab olamiz. Bulg’or qalampirimizni o’rtasidan bo’lib somoncha qilib to’g’raymiz. Tuhumimizni idishga chaqib tayyorlab qo’yamiz.

Skavarodkamizga yog’ni solib qizdiramiz va undam so’ng qiymani solib qizartirib qovuramiz. Juda qizarib qotib ketmasin rang kirsa etarli. Undan so’ng piyozni solib tillarang bo’lguncha qovuramiz. Orqasidan bulg’or qalampirimizni va tabga qarab tuzni ham solib qovuramiz.

Tuhumni qiyma ustiga solamiz va ukropni ham ustidan qo’yib chiqamiz.

Ustini qopqog’ bilan yopib tahminan 5- daqiqaga dimlab qo’yamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.