oshxona.net
Quyuq taomlar

Osh/Palov

Kerakli masalliqlar:

400 gram qo'y go'shti,1kg savzi, 1 kg gurunch, 400ml o'simlik yog'i, 1 dona piyoz, tuz,zira va kashnich urug'i kerak bo'ladi.

Eng avval qozonga o’simlik yog’ini solib qizdirib olamiz va piyozimizni yarim oy qilib to’g’rab yahshilab qizarguncha qovuramiz, undan so’ng go’shtimizi solamiz va uniham yahshilab qoviramiz.

Go’shtimiz yahshilab qovurilgandan so’ng somoncha qilib to’g’ralgan sabzimizni solib qovururishda davom eytamiz.Sabzimizni ustiga tuz, zira va kashnichdona sepib sabzimiz o’lguncha qovuramiz.

Keyin usidan sovuq suv quyib qaynatamiz. Zirvagimiz tahminan 30-35 daqiqa qaynasa etarli. Ustidan avvaldan yuvib iliq suvda ivitilgan gurunchimizni solamiz va qaynagan suv quyib suvi yuq bo’lguncha kutamiz.

 

Suvini tortgan gurunchimizni o’rtasini qoshiq yordamida teshib ustidan zira sepamiz. Oshimiz 20 daqiqa davomida dimlashimiz kerak.

Osh uchun kavob toki tayyorlash:

Kerakli masalliqlar:

40-50 dona uzum bargi, 150 gram qiyma 1 dona piyoz , va ziravorlar kerak bo'ladi.

Qiymamizga  1 dona piyozni qirg’ichdan  chiqarib solamiz va ziravorlar bilan yahshilab aralashtiramiz. Tayyor bo’lgan qiymamizni barglarimizga o’raymiz.

Tayyorlab o’rab olgan kavob toklarimizni igna va ip yordamida ipga o’tkazib olamiz va kastrulkaga suv quyib qaynatishga qo’yamiz. Tahminan 20-25 daqiqada pishib tayyor boladi.

Alohida idishda tuhumlarimizni ham qaynatib olamiz. Qattiq qaynab pishgan tuhumlarimizni  hohishga qarab katta yoki kichik bo’laklarga bo’lamiz.  Tayyor bo’lgan oshimizni yahshilab aralashtiramiz va suzamiz. Ustidan qaynab pishgan tuhum va kavob toklarimizni qo’yamiz.

Shakarop

Kerakli maslliqlar:

2 dona pamildori, 1 dona bodring 1 dona piyoz, yarimta bulg’or qalampiri, tuz va qurigan rayhon kerak bo’ladi.

Bodringni pustlog’ini archib yarim oy qilib to’g’rab olamiz. Pamildorilarimizni ham yarim oy qilib to’g’raymiz, bulg’or qalampirimizni somoncha qilib olamiz. Piyozni yarim oy qilib to’g’rab sovuq suvda chayqab olamiz. Hamma masalliqlarimizni idishga solib ustidan tuz va qurigan rayhonni solamiz va aralashtiramiz.

Spread the love

2 Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.