oshxona.net
Quyuq taomlar

Perashka

Kerakli masalliqlar:

Pyure uchun:
1kg kartoshka, 50 gram saryog' yoki margarin, 0,5 stakan sut va tuz kerak bo'ladi.

Qiymasi uchun:
250 gram qiyma 3-4 dona piyoz tuz, o'simlik yog'i va ziravorlar kerak bo'ladi.

Hamiri uchun:
50 gram hamirturush (droj) 1,5 kg un, 1 dl o'simlik yog', 1,5 osh qoshiq tuz va o'rtacha yumsholikda bo'lguncha suv kerak bo'ladi.

DSC00067

Ishni hamir qilishdan boshlaymiz. Idishimizga tuz va hamirturushni solib aralashtirib olamiz va o’simlik yo’gi solib ustidan unni solamiz. Unni o’rtasini chuqurchoq qilib ochib olamiz va ozginadan iliq suv solib aralashtiramiz. Suvni yumshoq hamir bo’lgunch quyamiz. Juda ham yumoshoq bo’lib ketmasligi kerak o’rtacha yumcholikda bo’lishi kerak.
Hamirni oshirishga qo’yamiz va tahminan 1 soat atrofida oshirib beramiz hamirga.

Kartoshkamizni qaynatib pishirib olamiz va pishgandan so'ng suvini to'kib unga tuz, sut va saryog'ni solib pyure holiga keltiramiz. Qiymaizni o'simlik yog'ida piyoz va ziravorlar bilan qovurib tayyorlab olamiz.

Oshib chiqqan hamirimizni bir hil kattalikda yumaloqlab chiqamiz va 15 daqiqaga ustini yopib qo'yamiz.

Dam olgan hamirlarimizga qiyma va kartoshka pyuremizni solib yahshilab berkitishimiz kerak. Qo’limiz bilan o’simlik yogi yordamida ehtiyotkorlik bilan yoyib chiqamiz.

Va skavarodkamizda tahminan 0,5 litr qizigan yog’da pishirib olamiz.

Perashkalarimiz tayyor.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.