oshxona.net
Quyuq taomlar

Pishloqli kulchalar

Kerakli masalliqlar:

50 gram hamirturush, 4 dl iliq suv 1 dl iliq sut, 50 g saryog', 12 dl un, 1 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq shakar, 50 ml o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Betiga surkash uchun kerakli masalliqlar: 200 gram pishloq(sir) 25 gram brinza 2 osh qoshiq o’simlik yog’i, 2 osh qoshiq kunjut kerak bo’ladi.

Pishloqni kattaroq qirg’ichdan chiqarib olamiz va brinzani kichkina to’rt burchak qilib to’g’rab olamiz. Pishloq va brinzamizga o’simlik yog’i va kunjutni solib aralashtiramiz.

Hamirimizni qilish uchun avval suv bilan sutni ilitib olamiz va idishga solamiz. Ustiga shakar, tuz va hamirturushni q’shib aralashtiramiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini quyamiz va unimizni solib hamir qoramiz. Hamirimiz yumshoq hamir bo’ladi. Qo’lga yopishmaslik uchun ozgina un sepib mushtlash mumkin. Mushlab bo’lganimizdan keyin hamirga dam beramiz.

Oshib chiqqan hamirimizni zuvalachalar qilamiz va yana oshirishga qo’yamiz.

Oshgan zuvalalarimizni 2,5 mm qalinlida qilib yoyamiz va yana dam olishga qo’yamiz. Kulchalardi hajmini ihtiyorga qarab kattaroq yoki kichik qilishi mumkin.

Tayyor bo’lgan hamirlarimizni ustiga pishloqli aralashmani yoyib chiqamiz.

Tayyorlab olgan kulchalarimizni avvaldan qizdirilgan duhofkada 220 darajada 12-15 daqiqa pishirib olamiz. Juda tez va oson tayyorlanadigan  mazali kulchalarimiz tayyor

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.