Quyuq taomlar

Pita non kotlet va sabzavot bilan.

Kerakli masalliqlar:

Kotlet uchun kerakli masalliqlar.  400 gram qiyma, 3  dona piyoz, tuz, 1 dona tuhum  va hohishga ko´ra ziravorlar kerak bo´ladi.

Qo´shib eyish uchun  kerakli masaliqlar: 1 dona katta bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, 1 dona bodring, tyz, ko´katlar va salat barglari kerak bo´ladi.

Pita non uchun kerakli masalliqlar: 25 gram hamirturush,  5dl iliq suv, 1 choy qoshiq shakar 1,5 choy qoshiq tuz, 4 osh qoshiq o´simlik yog´i , 14 dl un kerak bo´ladi.

 

 

Sabzavotlarni hammasini katta idishga to´g´rab terib olamiz va chetga olib qo´yamiz.

Hamirturushni bitta idishga solib ustidan tuz va shakarni solamiz.  Aralashtirib eritib bir hil massa qilib olamiz. Undan so´ng ustidaniliq suvni va yog´ni solamiz.

Unni elab solamiz va hamir qoramiz.

Ustini selofan bilan yopib oshirishga qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng ikki qismga bo ´lamiz va  25 dona kichkina zuvalachalar qilib olamiz. Har birini yumaloqlab olgandan so´ng 20- daqiqa  oshirishga qo´yamiz.

Dam olgan zuvalalarimizni har birini o´rtacha qalinlikda yoyib chiqamiz. Gazimizni 250 darajada qizdirib olamiz va har bir yoygan nonchalarimizni pishirish uch duhofkaninig o´rta qismiga qo´yib ishib  qizarib pishguncha ushlaymiz.

 

Qiymamizga tuhuma va ziravolarni solamiz. Ko´katni to´g´rab qo´shamiz. Piyozni qirg´ichdan chiqarib hamma masaalliqlarni yahshilab aralashtiramiz va kotletlar yasab olamiz. Duhofka listiga solib pishirib olamiz.

Pishgan pita nonimizni orasini ochib kotlet va sabzavotlardan solib iste´mol qilinadi.  Bu taomimiz turk va arab mamlakatlarida suyumli taom hisoblanadi.

Spread the love