oshxona.net
Quyuq taomlar

Qatlama somsa

Kerakli masalliqlar:

1,5 stakan iliq suv, 1 osh qoshiq tuz, 4,5 stakan un va orasiga surkash uchun margarin yoki saryog' kerak bo'ladi.
Qiymasi uchun kerakli masalliqlar: 4 dona katta piyoz, tuz, ziravorlar va 400 gram qo'y go'shti tuhum, kunjut yoki sedona, 4 osh qoshiq o'simlik yo'g'i kerak bo'ladi.

Ishni eng avval hamir qilishdan boshlaymiz. Idishimizga avval suv bilan tuzni solib yahshilab tuzini eritib olishdan boshlaymiz. Keyin un solamiz va hamir qoramiz. Hamirimizni yahshilab mushtlashimiz kerak. Keyin tindirish uchun 30 daqiqaga olib qo’yamiz.

Hamirimiz dam olguncha qiymamizni tayyorlab olamiz. Piyozni kattaroq  to’rtburchak qilib to’g’rab olamiz va go’shtimizni ham maydalab qo’shamiz. Undan so’ng tuz va ziravorlarni qo’shamiz va 4-5 osh qoshiq o’simlik yo’g’i  solib aralashtiramiz.

Hamirimiz dam olgandan so’ng o’rtacha yupqalikda  yoyamiz  va uy haroratida turgan margarinimizni surkab chiqamiz. Margarin surkab bo’lgandan keyin rulet qilib o’rab chiqamiz.

Tayyor bo’lgan o’ralgan hamirlarimizni muzhonaga 20 daqiqaga qo’yamiz. 

Muzhonadan hamirlarimizni olib ko’proq un bilan yoyib chiqamiz. Hamir yoyish qiyinroq bo’lishim mumkin. Qiymamizni solib uchburchak qilib tugib olamiz.

Duhofkamizni 180 darajada qizdirib olamiz. Tayyor tugulgan somsalarimizni listga terib olamiz. Ustidan  1 osh qoshiq sut bilan aralashtirilgan tuhumni sarg’ini ustiga surtib sedana yoki tabga qarab kunjut sepamiz.

 

Somsalarimizni usti va tagi qizarguncha pishirib olamiz. tahmina 35-40 daqaiqalarda tayyor buladi.

 

Spread the love

One Comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.