Quyuq taomlar

Qiyma Kabob

Kerakli masalliqlar:

 

1 kg  kartoshka, 400gram qiyma

2 dona kabachki , 1 dona tuhum

ukrop, non talqoni, mayda pomidorchalar

3 dona piyoz

2 dona qalampir

 2 dona sabzi va tabga ko´ra ziravorlar kerak bo´ladi.

Kabachkini qalamcha qilib kesib olamiz. Idishga solib tuz , ukrop, murch, bitta tuhum, qizil qalampir solib yahshilab aralashtiramiz.

Non talqonga botirib duhofka listiga terib chiqamiz.

Qolgan barcha mahsulotlarimizni uz hohishimizga qarab maydalab olamiz va huddi kabachkiga solgan ziravorlarimizdan solib ustiga ozroq o´simlik yog´i solib aralashtiramiz.Hammasini duhofka listiga joylashtirib chiqamiz.

Qiymani alohida idishga solib piyozni qirg´ichdan o´tkazib solamiz.1 dona tuhum va ziravorlar solamiz. Yahshilab aralashtiramiz.

Qiymamizni yualoqlab kichikroq sharikchalar yasab olamiz. Cho´p sih yordamida kaboblarimizni sihlab olamiz. Pomidor va qiymalarni navbat bilan terib olamiz.

List ustiga temir reshotkali listni qo´yib ustiga kaboblarni terib chiqamiz. Oldiga qalampirni ham qo´yib duhofkada 220 darajada  pishirib olamiz. Kaboblarimiz sabzavotlardan avval pishadi shuning uchun kaboblarni ertaroq qizarishi bilan olgan maqul bo´lmasam suvsiz quruq bo´lib qolishi mumkin.

Pishgan taomimizni har birini alohidadan idishlarga solib barra piyoz bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love