oshxona.net
Quyuq taomlar

Qo’y go’shtidan barbecue

Kerakli masalliqlar:

2 kg qo'y go'shti, 1 osh qoshiq zira , 1 osh qoshiq kashnichdona, 2 choy qoshiq tuz va pishirish uchun ko'mir kerak bo'ladi.

Eng avval qo’y go’shtimizni kotlet qilib bir hilda kesib olamiz va tuz, ziravorlar sepib go’shtimizni bir kunga paketga solib holodilnikka qo’yib qo’yamiz. Bir kun davomida yahshilab tuzlari va zirovorlarini singib yumshab yanada mazali bo’lib qoladi.

Tayyor bo’lgan go’shtlarimizni olib pishirishga tayyorlaymiz. Avval pishirish uchun kumirimizni yoqib qizdirib olamiz.

Yonib tayyor bo’lgan kumirimizni ustiga pishirish uchun moslashtirilgan uskunamizni qo’yamiz va go’shtlarimizni terib chiqamiz.

Vaqti – vaqti bilan har ikkala tarafini aylantirib turish kerak kuyib ketmasligi uchun.

Har ikkala tarafi qizarib pishgan go’shtlarimizni idishimizga solib olamiz.

Go'shtimizni hohishga qarab yoki gurunch, pomidor, bodring va piyoz bilan dasturhonga tortish ham mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.