oshxona.net
Quyuq taomlar

Qo´y go´shtidan Dimlama

Kerakli masalliqlar:

1,5 kg qo´y go´shtini lahm qismidan,

1 kg kartoshka, 2 dona sabzi,

2 dona bulg´or qalampiri qizil  va zangor,

4-5 bo´lak karam,

2 dona piyoz

1 dona pomidor

3-4 dona  sarimsoq piyoz, zira, tuz, kashnichdona va zaytun yog´i kerak bo´ladi.

 

Qozonni qizdirib olamiz va zaytun yog´dan tabga qarab ozroq yoki hohlovchilar sal ko´proq solishi mumkin. Go´shtni maydalab bo´laklarga bo´lib olamiz va qozonga terib chiqamiz. Usiga zira, kashnichdona va tuz sepamiz.

 

Terib olgan go´shtlarimizni ustiga sabzini

o ´rtacha qalinlikda to´g´rab solib olamiz.

 

Kartoshkalarni butunicha sabzini ustiga terib chiqamiz. Ustidan yana tuz va qolgan ziravorlardan ozroq sepib chiqamiz.

 

 

Karamni o´rtacha kattalikda bo´laklab olamiz. Karamni kartoshka ustiga terib olamiz.

 

 

Ustiga pioyozni maydalab halqa shaklida to´g´rab solib chiqamiz.

Bulg´or qalampirini , pomidor , sarimsoq va ukropni terib ustidan yana ozroq tuz va ziravorlar sepamiz.

Ustini yopib pastroq olovda 1,5 soatga dimlab qoy´yamiz.

1,5 soat vaqt utgandan keyin ehtiyotkorlik bilan aralashtirib tovoqqa suzib olamiz va dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.