Quyuq taomlar

Qo´y go´shtidan somsa

Kerakli masalliqlar:

 

700 gram qo´y go´shti, 800 g piyoz, 1,5 kg un, 3 stakan suv, 120 gram saryog´yoki margarin, 2 dona tuhum, 2 choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq zira, 2 choy qoshiq kashnichdona, kunjut va sedona kerak bo´ladi.

Bitta idishga unni elab olamiz. Ustidan suvga tuzni aralashtirib namokop suv qilib quyib oddiy hamir qilib olamiz va tindirishga qo´yamiz.

Hamir tinguniga qadar ichiga soladigan narsamizni tayyorlab olamiz. Qo´y go´shtini o´rtacha yog´li joyidan kattaroq qilib maydalab olamiz. Piyozni kattaroq to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Tuz va ziravorlarni solib hammasini yahshilab aralashtiramiz. Uniham maza kirib turishi uchun olib qo´yamiz.

Hamirimizni yoyib eritilgan margarinni surtib chiqamiz va rulet qilib o´rab olamiz.

O´rab olgan hamirimizni  3 cm kattalikda bo´lib chiqamiz. Har birini yoyib olamiz.

Tuhumni oq va sarig´ini alohida idishga ajratib olamiz. Yoyilgan hamirimizni piyola yoki biror idish ustiga qo´yib o´rtasiga go´shtli masallig´imizni solib tugib olamiz.

Tugulgan somsalarimizni har – birini taginhum oqiga botirib gaz listiga terib olamiz. Usidan tuhum sarig´ini sutrtib kunjut va sedana sepib chiqamiz. Duhofkada 200 darajada har ikkala taraflari qizarguncha pishirib olamiz.

Spread the love