oshxona.net
Quyuq taomlar

Qozon kabob

Kerakli masalliqlar:

 

500 gram qiyma, 2 dona katta piyoz, 1 dona pomidor, 1 dona bulg’or qalampiri, tuz, zira, murch, petrushka, 75 ml yog’, 1 kg kichikroq kartoshkalar kerak bo’ladi.

Pomidorni pustlog’ini archib, bulg’or qalampiri va ko’kat bilan maydalab olamiz.  Hohishga qarab qo’lda chopib olish mumkin pichoq yordamida yoki mahsus maydalagichda maydalab olinadi. Juda ezilib ketmasligi kerak o’rtacha kattalikda bo’lsa etarli.

Qiymamizga maydalab olgan sabzavotimizni solamiz va tabga ko’ra tuz va ziravorlarni qo’shib yahshilab aralashtiramiz. Undan so’ng kartoshka kattaligida qiymamizni yumaloqlab olamiz.

Kartoshkalarimizni archib yuvib quritib olamiz va tuz sepamiz. Qizib turgan yog’da yahshilab qizartirib qovuramiz.

Qizartirib bo’lgan kartoshkalarimizni yog’dan terib olib avvaldan tayyorlab qo’ygan qiymalarimizni yog’da qizartirib qovuramiz. Va qizarib pishgan qiymalarimizni cho’paklarimizga o’tkazib olamiz.

Skavarodkamizga ozgina yog’ solib avval pishgan kartoshkalarimizni so’ng kaboblarimizni terib chiqamiz. Usiga ozgina piyoz bo’laklarinini solib 4 osh qoshiq suv quyib dimlab qo’yamiz. Parda yanada mazali bo’lib pishishi uchun. Tahminan 15-20 daqiqadan so’ng tayyor ovqatimizni suzib olamiz.

Hohishga qarab oldiga guruncha va salat tayyorlash mumkin. Judaham mazali va yoqimli taom bo’ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.