Quyuq taomlar

Shpenatlik lagmon

Kerakli masalliqlar:

300 gram tayyor lagmon yoki uy sharoitida qilingan lagmon, 250 gram muzlatilgan shpenat, 1 dona katta piyoz, 50 ml o'simlik yog'i va tuz kerak bo'ladi.

 

Eng avval qozonimizni qizdirib o’simlik yog’ini solamiz va piyozimizni tillarang bo’lguncha qovurib olamiz.

Undan so’ng shpenatimizni solib qovuramiz. Keyin tabga ko’ra tuz solamiz va  qovurishda davom etamiz.

Alohida idishga qaynagan suv quyamiz va 1 osh qoshiq tuz solamiz. Qaynab turgan suvga lagmonimzni solamiz va pishguncha qaynatamiz.

Hamma pishgan masalliqlarimizni katta idishga solib yahshilab aralashtiramiz. Aralashtirib olganimizdan so’ng alohida likoplarga solib dasturhonga tortishimiz mumkin. Bu taomini tayyorlash uchun 20 daqiqa ketadi. Ham oson ham mazalik hisoblanadi.

Spread the love