oshxona.net
Quyuq taomlar

Spagette

Kerakli masalliqlar:

 

 

200gram qiyma, 3 dona piyoz, 3 osh qoshiq o´simlik yog´i, murch, tuz, 3-4 bo´lak sarimsoq piyoz, 50-70 gram atrofida pishloq, 400 gram spagette va  1 bonka  tayyor spagette sousi yoki boshqa tomat sousdan foydalansa bo´ladi.

Eng avval quruq skavarodkaga qiymani solib olamiz va ustidan bir piyola suv va 3 osh qoshiq o´simlik yog´ini qolamiz. O´rtacha olovda qaynatib suvini ketkazib olamiz.

Piyozni va sarimsoq piyozni maydalab olamiz va qiymaga qo´shib qovuramiz.

Piyozimiz qizarishi shart emas yumshab tillarang bo´lsa etarli.

Undan so´ng tomat sousimizni solamiz biroz qovurandan so´ng sarimsoqni solib qovurishda davom etamiz. Qiymali qaylamizga 1 stakan suv quyib 20 daqiqa qaynatib olamiz.

Qaynagan suvga bir osh qoshiq tuz va 2 osh qoshiq o´simlik yog´i solib spagettimizni qaynatib pishirib olamiz. Pishgandan so´ng albatta suvdan olib suvi oqgunga qadar kutamiz.

Pishgan spagettimizni tarelkaga solib olamiz va ustidan qaylasidan solamiz. Pishloqni qirg´ichdan chiqarib betiga qo´yamiz. Hohishga qarab murch va ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.