oshxona.net
Quyuq taomlar

Spagetti

Kerakli masalliqlar:

300 gram qiyma, 2 dona katta piyoz, 400 gram spagetti makaroni, 40 ml yog’, tuz, murch, 1 bonka (tahminan 350 gram) tayyor tomat sousi, 3-4 dona sarimsoq piyoz, 1 stakan suv, rayhon va hohishga qarab boshqa ko’katlar kerak bo’ladi,

Birinchi bo’lib qozonga yog’ solamiz va qiymamizni qizarguncha qovurib olamiz. Undan keyin piyozimizni kattaroq to’rtburchak shaklida to’g’rab maydalab olamiz va qiymaga qo’shib qovuramiz tilla rang bo’lguncha.

Qovurib bo’lgandan so’ng tayyor tomat sousimizni solamiz. Undan keyin tuz, murch, sarimsoqni maydalab solamiz va ko’katlarimizi solib qovuramiz. Ustidan bir stakan suvni quyib past olovda qaynatib pishiramiz. Tahminan 15-20 daqiqa etarli.

Sousimiz pishgunga qadar suv qaynatib spagettilarimizni pishirib olamiz. Buning uchun bizga qaynagan suv, 1 osh qoshiq tuz, 1 osh qoshiq yog’ kerak bo’ladi. Qaynagan suvga tuz va yog’ni solamiz va qattiq qaynab turgan holatida spagettini solib tahminan 8 -10 daqiqa atrofida pishirib olamiz

Pishgan spagettimizni suvini to’kib olamiz va suvda chayqaymiz. Tarelkaga avval spagettini so’ng sousini ustidan solamiz va rayhon barglarini ustiga qo’yib dasturhonga tortamiz. Judaham tez va oson tayyorli.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.