oshxona.net
Quyuq taomlar

Sushi

Kerakli masalliqlar:

200 gram gurunch(mahsus sushi uchun yopishqoqroq bo´ladi. Bo´l masa agar shirali gurunch ishklatsa ham bo´ladi)

3 dona avakado, 1 dona savzi, 1 dona bodring,

4 dona nori yaprog´i(dengiz o´ti sushi o´rash uchun)

Soya sousi, 1 choy qoshiq tuz.

1 osh qoshiq majonez kerak bo´ladi.

Avval gurunchni tuzlik suvda qaynatib olamiz.

Qolgan maslliqlarimizni somoncha qilib to´g´rab tayyorlab olamiz. Kunjutni ozroq qizartirib olamiz.

Shushi yaprog´ini sushi tahtasiga solamiz va ustidan gurunchni yoyib chiqamiz.

Sabzi, bodring va avakadoni bir tekisda yoyib terib chiqamiz.

Yangi yaproqni olamiz va unga gurunchni yoyamiz. Gurunch turgan tarafini pastga qaratamiz.

1 osh qoshiq majonezga 1 choy qoshiq soya sousini solamiz va aralashtiramiz. Yaproq usiga surtib chiqamiz. Keyin majonez ustiga bodring va avakado terib chiqamiz.

Har bir terib olgan suchi yaproqlarni ehtiyotkorlik bilan o´rab chiqamiz. Gurunchi tepada turgan ruletimizni ustiga kunjutni sepib chiqamiz. Qolgan gurunchlarni qo´limiz bilan shakl berib chiqamiz va avakadoni ustiga qo´yib chiqamiz. Shushi yaprog´idan tasma kesib olamiz va o´rab qo´yamiz.

Tayyor shushilarni kesib tarelkaga terib chiqamiz.Oldiga soya sousini alohida idishga solib dasturxonga tortamiz.

Birinchi marotab sushi qilganim uchun ko´ngildgidek bo´lmadi. Lekin mazasi sushiga juda ham uhshadi. Tayyorlab ko´ring afsuslanmaysiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.