oshxona.net
Quyuq taomlar

Taccos

Kerakli masalliqlar:

1 paket tayyor lavash noni, 300 gr qiyma, 2 dona oddiy piyoz, 2 dona qizil piyoz, karam, 2 dona pomidor, 1 dona kattaroq bodring, 3 dona sabzi, 1 piyola qatiq, kartoshka fri, ozgina petrushka ko’kati, 4 dona sarimsoq, ukrop, tuz va yog’ kerak bo’ladi.

Eng avval ishni sabzavotlarimizni maydalab tayyorlab olishdan boshlaymiz. Karamni kattaroq to’rtburchak qilib maydalab, bodringdi uzunchoq o’rtacha qalinlikda to’g’raymiz,  pomidorni o’rtasidan bo’lib yarim oy qilib to’g’rab olamiz. Qizil piyozni halqa qilig yupqa to’g’rashimiz kerak. Barcha tayyor mahsulotlarimizni katta idishga birin ketin terib olamiz.

Undan so’ng sabzimizni qirg’ichdan o’tkazib unga sarimsoq piyoz, yog’, tuz va ukrop solib yahshilab aralashtirib sabzi salat tayyorlab olamiz.

Endi esa qatiqdan sous tayyorlab olamiz. Qatiqga 2 dona sarimsoq va tuzni solamiz va yahshilab aralashtiramiz mayin holga kelguncha. Hohishga qarab mayonez yoki qaymoq ham qo’shish mumkin. Manda qatiq yog’lig bo’lgani uchun ortiqcha narsa qo’shmadim.

Qiymamizni 2 dona piyoz bilan yog’da qovurib olamiz. Hohishga qarab tuz va ziravorlar solamiz. Yahshilab qovurilgandan so’ng yarim piyola suv solib ustini yopib dimlab qo’yiladi. Mayin va mazalaik bo’lishi uchun.

Keyin esa kartoshka qovuramiz. Hohlasangiz tayyor kartoshka yoki uzingiz uy sharoitida fri qilib qovurib olsangiz ham bo’ladi.

Barcha tayyor bo’lgan mahsulotlarimizni birin ketin lavash nonimizga uzimizga kerakli miqdorda solib bo’lganimizdan keyin lavashimizni o’raymiz. Eng birinchi nonimizga qatiqlik sousni surkaymiz, undan so’ng esa qolgan mahsulotlarimizni birin ketin solib chiqamiz. Hohishga qarab achiq sous solishimiz ham mumkin.

O’rab olingan lavashimizni hohlasangiz isitish uchun mahsus moslamaga qo’yishingiz mumkiun lekin shunday o’ralgan holatda ham eyishingiz mumkin bunisi uzlaringizni hohishlaringizga qarab.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.