Quyuq taomlar

Thailandcha Spring rolls / 2 usul

Kerakli masalliqlar:

250 gram tovuq filesi, 2 dona sabzi, yarim piyola yashil no´xat,  1 piyola pentuziya vermesheli, karam, 1 dona tuhum, soya sousi, tuz, o´simlik yog´i va tayyor mahsus hamirlar kerak bo´ladi. (Hamir topa olmasangiz uzingiz oddiy suvga hamir olishingiz mumkin yupqa qilib yoziladi.)

Filemizni somoncha qilib to´g´rab olamiz. Skavarodkaga ozroq yog´solib qovuramiz. Qizartirib pishirib olamiz.

Undan so´ng sabzini yupqa somoncha qilib to´g´rab tovuq filesi bilan birga 2-3 daqiqa qovuramiz va yupqa qilib to´g´ralgan karamni solib hammasini yahshilab yumshoq bo´lguncha qovuramiz.

Tabga ko´ra tuz va 1 osh qoshiq soya sousi solamiz. Undan keyin avvaldan pishirib olgan pentuziyamizni va yashil no´xatni solib aralashtiramiz.

O´ramamiz uchun nachinka tayyor.

Hamirimizni yoyib chiqamiz va usiga tayyorlab olgan nachinkamizdan 1 qoshiqdan solib chiqamiz va chetlariga tuhumni elab atrofiga surtib olamiz va huddi blinchik o´ragandek o´rab chiqamiz. .

Skararodkamizga ko ´proq  yog´solib o´rtacha olovda har ikkala taraflarini qizartirib olamiz.

Dasturxonga soya sousi bilan birga tortamiz. Taomizmiz tayyor. Judaham mazalik va noodatiy taom bo´ladi. Qilib ko´rishlaringni tavsiya qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Spread the love