oshxona.net
Quyuq taomlar

Tomat sousda mazali dimlama

Kerakli masalliqlar:

 

 

 

600 gram mol go´shtini lahm joyidan , 1 kg mayda kartoshkalar, 1 dona katta sabzi yoki 2 dona kichik sabzi, 1 dona piyoz, 2-3 dona sarimsoq bo´lagi, 2 osh qoshiq tomat pastasi, ukrop, zira, kashnichdona, tuz va 5-6 osh qoshiq o´simlik yog´i kerak bo´ladi.

Go´shtimizni o´rtacha kattalikda maydalab olamiz. Sabzini bir enlik qilib to´g´raymiz, kartoshkalarni archib yuvib olamiz( butunicha solinadi maydalash kerak emas). Sarimsoqni va piyozni to´g´rab olamiz. Eng avval qozonga yog´ni solib so´ngra go´shtni terib chiqamiz. Ustidan ziravorlarni va tuzni sepamiz. Undan so´ng sabzni teramiz.

Sabzidan keyin kartoshkalarni solamiz va yana ziravorlarni sepib chiqamiz.

Alohida idishga tomat pastasini solib ustiga bir stakan suv quyamiz va ukrop solib yahshilab aralashtiramiz. Qozonga piyozni solib ustidan tomat pastasini quyamiz va yana alohida 1 stakan suv quyib 1,5 soatga dimlab pishirib olamiz.

Taomomiz uzoq parda pishgani uchun judaham yumshoq va mazlik chiqadi. Kartoshka va sabzilar  ezilmasdan yumshoqqina bo´lib pishadi.Pishgan taomimizni hohishga qarab ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.