Quyuq taomlar

Tovuq file qaymoqli sousda

Kerakli masalliqlar:

 

700 gram toviq filesi, 3 dona piyoz, 1 kg kartoshka, 1 dona bulgór qalampiri, 2 piyola qaymoq, 3 osh qoshiq yog´, tuz, gul karam, qizil sabzi, yashil no´hot kerak bo´ladi.

Tovuq filesini kattaroq bo´laklarga bo´lib olamiz. Bulg´or  qalamirini kattaroq bo´laklarga bo´lib olamiz. Piyozni ham 4 yoki 6 ga bo´lib olamiz.  Sabzavotlarimizni man tayyor muzlatilganini ishlatdim. Hohishgaqarab hohlagan sabzavot ishlatilsa bo´ladi. Kartoshkalarimzni qovun tilikqilib kesib olamiz.Po´stlog´ini olish shart emas.

Kartoshkaga hohishga qarab ziravorlar solish mumkin. Man ukrop, zira, murch, paprika pulver soldim. Ko´proq yog´da qizartirib qovurib olamiz.

Fileni ozgina yog´da qovuriamiz.  Qizarishni boshlaganda piyozni va bulg´or qalampirini solib  tillarang bo´lguncha qovurib olamiz.

Qaymoqni quyib tuz sepamiz va past olovda 15 daqiqaga dimlab qo´yamiz. Qaymoz jigarran bo´lib quyulib sous holatiga keladi. Sabzabotlarimizni issiq suvga solib chayqab olamiz. Tez va oson tayyorlanadigan taomimiz 40 daqiqada tayyorlash va pishirish uchun sarflanadi.

Spread the love