oshxona.net
Quyuq taomlar

Tovuq go’shtidan dimlama

Kerakli masalliqlar:

1kg tovuq go’shti, 2 dona sabzi, 8 dona kartoshka, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 50 ml o’simlik yog’i, tuz, zira, 4-5 bo’lak karam va ko’katlar kerak bo’ladi.

Eng avval qozonimizni qizdirib olamiz va yog’imizni quyamiz. Undan so’ng o’rtacha kattalikda maydalangan tovuq go’shtimizni terib chiqamiz va ustiga tuz va zira sepamiz. Keyin o’rtacha qalinlikda kesilgan sabzilarimizni terib chiqamiz.

Kartoshkamizni o’rtacha kattalikdagisini solamiz. Ularni maydalash shart emas butunicha go’shtni va sabzini tepasiga solib chiqamiz. Kartoshkamizni ustidan bulg’or qalampirini va karamni qo’yamiz.

Usidan tuz va zirani sepamiz va tomatimizni solamiz. Eng ohirida ko’katlarimizn va sarimsoq piyozni solamiz va 40-daqiqaga ustini qopqoq bilan yopib dimlab qo’yamiz.

Ovqatimiz tahminan 40 – 60 daqiqalarda tayyor bo’ladi. Iloji boricha ovqatimizni aralashtirmaslikka harakat qilish kerak qozonda kartoshka va sabzilari ezilib ketmasligi uchun. Juda ham oson va mazzalik taom bo’ladi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.