oshxona.net
Quyuq taomlar

Tovuq go´shtidan shovurma.

Kerakli masalliqlar:

400 gram tovuq filesi, 2 dona sabzi, 2 dona piyoz, 1dona qizil piyoz, 1 dona qizil bulg´or qalampir, 1 dona kattaroq bodring, 2 dona  pomidor,yarim piyol qaymoq, 1 piyola qatiq, 3-4 dona sarimsoq piyoz, ko´katlar (petrushka va ukrop) karam, tuz, 50 ml o´simlik yog´i, 1 paket tayyor lavash noni va tortilla chipsi kerak bo´ladi.

Eng avval barcha sabzavotlarimizni uzunchoq somomcha shaklda to´g´rab olamiz. Va har birini alohida idishga solib bir chetga olib qo´yamiz.

Qatiq salat qilish uchun qatiq va qaymoqni yahshilab aralashtiramiz. Undan so´ng ukrop, sarimsoq piyoz, tuz  va qizil qalampirni solib aralashtiramiz. Qatiq salat tayyor!

Tovuq fileni uzunchoq qilib to´g´raymiz va ustiga tovuq gril uchun mahsus priprava solib aralashtiramiz. Skavarodkaga yog´ni solib fileni qovuramiz.

Piyozni katta katta to´g´rab file bilan birga qovurib olamiz va ustini berkitibdimlab qo´yamiz. 20 daqiqada tayyor bo´ladi.

Sabzini qirg´ichdan chiqarib olamiz. Sarimsoq piyozni maydalab ustiga solamiz, Ukrop va tuzni solib ustiga 5-6 osh qoshiq o´simlik yog´ini qizdirib solamiz va yahshilab aralashtiramiz.

Barcha masalliqlarni idishlarga solib tayyorlab olamiz va dasturxonga tortamiz.Tayyor kartoshka frisini qovurib tayyorlab olamiz.

Lavash ustiga avval qatiq salatimizni surkaymiz undan so´ng sabzavotlarni birin ketin solib olamiz. Sabzi salat va tovuq fileni o´lavashga solib hammasini o´rab olamiz. Tortilla chipsi bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.