oshxona.net
Quyuq taomlar

Tovuq go´shtidan turkcha somsa

Kerakli masalliqlar:

2 dona tovuq filesi

1 dona tuhum

2-3 dona piyoz

2 stakan sut

200 gram sariyog’, un, tuz, zira va kashnichdona kerak bo´ladi,

Sriyog´ni qirg´ichdan chiqarib olamiz. Sut va tuz solamiz.  Oz ozdan un solib aralashtirib qo´lga yopishmaydigan yumshoq hamir tayyorlaymiz. 6 Ta zuvalachalar qilib olamiz. Tovuq fileni blendrda maydalab olamiz. Judaham mayda bo´lib suvi chib ketmasligi kerak. Piyozni ham solib birga ozroq aylantirib maydalab qiyma tayyorlab olamiz. Tuz, zira , kashnichdona va tabga qarab murch solsa bo´ladi.

Hamirlarimizni birin ketin yoyib olamiz. Har bir zuvalamizni sakkiz bo´lakka bo´lamiz. Har biriga oz odan qiyma solib chiqamiz.

Huddi ragalik pechenega ushab o´rab chiqamiz. Gaz listimizga terib betiga tuhum sepamiz. Hohishga qarab sedona yoki kunjut sepib duhofkada 220 darajada usti qizarguncha pishirib olamiz.

Somsalarimiz tayyor. Judaham mazali va yoqimli bo ladi. Eng asosiysi judaham oson, kuch va vaqt talab qilmaydi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.