oshxona.net
Quyuq taomlar

Tovuq, gurunch va kartoshkadan taom

Kerakli masalliqlar:

1 kg tovuq oyoqlari yoki son qismi. Marinofkasini tayyorlash uchun avval bir cho'mich o'simlik yog'iga 1 dona sarimsoq piyozni maydalab solamiz unga lavr yaprog'ini, ukrop, qurutilga rayhon ozgina limon, kashnichdona, zirani va dengiz tuzuni avvaldan solib tayyorlab olamiz. Tahminan 1 soat oldin tayyorlab olsak yog'ga mazasi chiqib turadi. Kartoshka tayyorlash uchun bizga 5-6 dona kartoshka 2 dona piyoz, sarimsoq piyoz, petrushka va ziravorlar kerak bo'ladi. (manda murch, qizil paprika, va qurutilgan rayhon) Guruch uchun: 3dl gurunch, 5dl suv , 1 osh qoshiq o'simlik yo'gi, tuz, kashnichdona tabga qarab va 1 dona sarimsoq piyoz kerak bo'ladi.

Ishni avval duhofkamizni 200 gradusga qo'yishdan boshlaymiz.

 

 

Tovuqni ustidan avvaldan tayyorlab qo’ygan marinofkalangan o’simlik yog’imizni yarimini quyamiz va 1 soat davomida pishirib olamiz.

Kartoshkamizni o’rtacha 3 cm qilib maydalab olamiz va piyozimizni ham huddi shunde bir hil kattalik va qalinlikda to’g’rab olamiz. Petrushka va ziravorlarimizni solib yahshilab aralashtiramiz. Tovuq uchun ishlatgan o’simlik yo’gimizdan kartoshka ustiga ham quyamiz va 40-45 daqiqa pishirib olamiz.

Gurunchni tayyorlash uchun avval idishimizga qolgan o’simlik yog’imizni solamiz va kashnichdona bilan sarimsoq piyozni qizartirib olamiz. Kyin sarimsoq piyozni yog’dan olib qo’yamiz va gurunchni solib qovuramiz. Tahminan 2-3 daqiqa past olovda. Undan so’ng qaynagan suvni solib aralashtirib yuboramiz. Gurunch bir joyga to’planib qolmasligi kerak. Ustini yopib 20 daqiqa atrofida judaham past olovda pishiriladi.

Tayyor bo'lgan hamma mahsulotlarimizni hohishga qarab dasturhonga tortishingiz mumkin. Tayyorlash uchun tahminan 1 soat 30 daqiqa vaqt ketadi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.