oshxona.net
Quyuq taomlar

Wook/ Tailandcha lagmon

Kerakli masalliqlar:

1 bo’lak go’sht, 1 dona piyoz, 4 dona o’rtacha kattalikda kartoshkalar, 100 ml yog’,   tayyor lapsha tahminan 300 gram, tuz  va 500 gr sabzavotlar aralashmasi kerak bo’ladi. (misol uchun sabzi ikki hil rangidan, broccoli, zangor lo’ya, makka, gulkaram va hohishga qarab qolgan sabzavotlarni ham ishlatish mumkin.)

Qizib turgan yo’g’imizga uzunchog’ ingichka qilib to’g’ralgan go’shtimizni solib qovuramiz. Go’shtimiz qizargandan so’ng qozonga piyozni solib ozgina qovurib ortidan kartoshkamizni solamiz. Kartoshkani ham uzunchog’ qilib to’g’rab olamiz. Kartoshka, go’sht va piyozimiz qizrgandan keyin qolgan mahsulotlarimizni ham ichiga solib qovuramiz.

Alohida qozonda qaynagan suvga tuz solib lapshalarimizni 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Hamirimiz pishgandan so’ng suvdan ajratib olib sabzavotlarimiz ustiga qo’shamiz va 5 daqiqa davomida yahshilab aralashtirib dam beramiz.

Tez va oson tayyor bo’ladigan taom.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.