oshxona.net
Quyuq taomlar

Yangi kartoshkadan qovurma

Kerakli masalliqlar:

400 gram mol go’shti, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 400 gram yangi mayda kartoshkalar, 1 dona pomidor, 50 ml o’simlik yog’i, yuz, ziravorlar va ko’kat kerak bo’ladi.

Ovqatimizni tayyorlash uchun eng avval barcha masalliqlarimizni archib yuvib olamiz. Undan so’ng masalliqlarni  yani piyoz, bulg’or qalampirini, sabzni pomidorni, chesnokni, sarimsoq piyozni va ko’katlarni to’g’rab olamiz. Faqatgina kartoshkani po’stini archmay yahshilab yuvib ikkiga bo’lib chiqamiz.

Birinchi bo’lib o’simlik yog’ini solib avval go’shtni yahshilab qovurib olamiz. Undan so’ng esa katta katta to’g’ralgan piyozimizni solib qovuramiz. Ikkala masalliqlarimiz qizarguncha qovurib olishimiz kerak. Qattiq qovrilgan ovqatni mazasi yanada mazalik bo’ladi.

Undan so’ng pomidorni solib uniham yahshilab qovuramiz. So’ng esa tuz va ziravorlani solamiz, (man doim tuyulgan zira va kashnichdona ishlatman)

Pomidor qovrilib bo’lgandan so’ng bulg’or qalamirini, ko’kat, va sarimsoq piyozni solib qovuramiz. Avvaldan yuvib bo’lib olgan kartoshkalarimizni solib uniham yahshilab qovurishda davom etamiz.

Barcha masalliqlar uzoq vaqt davomida balandroq olovda qovruilgandan so’ng ustidan suv qyamiz va 50-60 daqiqa qaynatib pishirib olamiz. Tamomiz uzoq vaqt davomida pishib mazasiga yanada maza qo’shiladi.

 

 

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.