oshxona.net
Quyuq taomlar

Yupqa

Kerakli masalliqlar:

Hamiri uchun 2 kosa un 1kosa suv 1,5osh qoshiq tuz 3 osh qoshiq o'simlik yog'i. Qaylasiga 300 gr qiyma 4 dona o'rtacha kattalikda piyoz 1 choy qoshiq tuz Ziravorlar va 1,5 cho'mich o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Ishni hamir qorishdan boshlaymiz. Eng avval unni elab olamiz va idishga solamiz. O'rtasini ochib tuzli suv quyamiz va sekin asta qo'limiz bn o'rtasidan aylantiramiz. Birdan aralashtirib yubormaslik kerak. Hamir qumaloq bo'lib qoladi. (Kerak bo'lsa yana ozgina suv quyish mumkin)Keyin hamir tayyor bo'lgandan keyin yo'gdi solamiz ustidan tayyor hamirga va yog' yuq bo'lib etguncha mushtlaymuz. Hamirimiz yumshoq bo'lishi kerak. Tayyor hamirni ustini o'rab olib qo'yib dam beramiz.

Hamirimiz dam olib turgan vaqtda ichiga solinadigan massaliqimizni tayorlab olamiz. Qiymamizni qizigan o'simlik yog'ida qovuramiz.,keyin piyozimizni solamiz. Yahshilab qovuramiz qizarguncha. Tuz va ziravorlarni solamiz. Keyin 1 stakancha suv solib qaynatamiz suvi yuq bo'lguncha. Qiymamiz mayin bo'lishi kerak.


Hamirimiz dam olib bo'lgandan so'ng ko'proq un sepib ehtiyotkorlik bilan yupqa qilib yoyamiz. Hamir anchagina yupqa bo'lishi kerak. Keyin o'rtacha kattalikda to'rtburchak qilib kesib olamiz.

DSC00266

Skavarodkamizga ozginada tahminan 1 osh qoshiqdan o'simlik yog'i solib hamirimizni pishiramiz. Avval bir tarafini keyik ikkikchi tarafini. Qizargandan keyin ustiga ozgina qiyma yoyib chiqamiz va kesilgan hom hamirimizni yopamiz va teskarisini og'daramiz. Hom tarafi pishishi uchun. Shu tarzda ustunma ustun qilib har pishgan tarafiga qiyma solib hom hamir yopib, og'darib pishirib chiqamiz. Tahminan 10-12ta hamirdan keyin pishganlarini olib yana boshidan boshlaymiz. 


Pishgan hamma yupqalarimizi idishga solib ustini. yopib qo'yamiz. Yumshab mazasi bir biriga o'tib yanada mazalik bo'lishi uchun. Tayyor bo'lgan yupqalarimizi hohishga qarab dasturhonga tortishimiz mumkin.

Hohlasangiz katta tovoqqa hammasini terib chiqing hohlansangiz hammaga alohidadan tarelkaga solib uzatishingiz mumkin. Ortgan hamirdan qatlama uchun ishlatdim.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.