oshxona.net
Salatlar

Agarot salati.

Kerakli masalliqlar:

Yumshoq o'rtacha kattalkida iceberg karami, 1 dona katta pomidor, 1 dona bodring, 4 dona rediska, ko'kpiyoz, 1 dona qizil bulg'or qalampiri, 2 dona turk zangor bulg'or qalampiri tuz va 4 osh qoshiq o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Karamimizni o’rtacha kattalikda to’rtburchak qilib maydalab kesib olamiz. Bodringni o’rtasidan b’lib o’rtacha qalinlikda to’g’raymiz.

Rediskamizni ham o’rtasidan bo’lib yarim oy shaklida kesib olamiz. Ko’k piyozimizni 3 cm kattalida bo’lib qo’shamiz.

Pomidorimizni va bulg’or qalampirlarimizni  ham bir hil qilib yarim oy qilib to’g’rab olamiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini va tuzni solib aralashtiramiz.

Salatimiz vitaminlarga boy bo’lib ayni yoz kunlarida eyish foidalik bo’ladi. Hohlagan taomni oldiga qilib tanovvul qilish mumkin.

 

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.