oshxona.net
Salatlar

Baqlajon gazak

Kerakli masalliqlar:

4 donabaqlajon

1 dona bulg´or qalampiri

2 dpona piyoz

4 dona sabzi

3 dona sarimsoq piyoz

ukrop tuz va o´simlik yog´i kerak bo´ladi.

Baqlajodan boshqa barcha masalliqlarimizni archib tozalab olamiz. Sabzini qirg´ichdan o´tkazamiz.bulg´or qalampirini yupqa somoncha qilib to´g´raymiz. Ukrop va piyozni maydalab olamiz.

Qozonga 1,5 dl yog´solib avval piyozni qizartirib olamiz. Undan keyin bulg´or qalampirini va sarimsoqni solib qovurihda davom etamiz.

Sabzni solib 4-5 daqiqa engil qovuramiz. Orqasidan ukropni solib yana 2-3 daqiqa tuz sepib aylantirib olamiz. Ko´p ezilib pishib ketmasigi kerak.

Baqlajonlarimizni butunicha tepa qismini olib tashlab suvda tuz  solib qaynatib pishirib olamiz.

Pishgan baqlajonlarni ustiga og´irroq narsa qo´yib bostirib qoýamiz.Ichiga kirgan suvlari chiqib ketishi uchun. Baqlajonlar tayyor bo´lgandan keyin bir tarafini kesib olamiz va tayyorlab qo´ygan sabzili nachinkamizni solamiz.

Ichini to´ldirib bo´lgandan keyin holodilnikka 4-5 soatga olib qo´yamiz. Sovuganda yanada mazali bo´lishi uchu. Salatimiz tayyor!

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.