oshxona.net
Salatlar

Baqlajon salat

Kerakli masalliqlar:

2 dona tuhum

3 dona pomidor

1 ta katta yoki 3 ta kichik bodring

2 dona baqlajon,

1 dona sariq bulg´or qalampori,

2 dona sabzi

2 dona  sarimsoq piyoz, tuz va yog´kerak bo´ladi.

Bodringni sal qalinroq somoncha qilib to´g´rab olamiz.1 choy qoshiq tuz sepib engil aralashtiramiz 10 daqiqadan so´ng suvini ajratib olamiz.Tuz sepilgan hisobiga suv chiqadi va bodring ozroq eziladi. Bulg´or qalampirini ham uzunchoq qilib to´g´raymiz va bodring ustiga solamiz.

Pomidorni o ´rtach qalinlida uzunchoq qilib maydalab olamiz. Sabzini qirg´ichdan chiqaramiz. Ukrop va sarimsoqni maydalab bodring ustiga solamiz.

Baqlajonni qalinroq somoncha qilib to´g´raymiz. Ustiga tuhumni chaqamiz va tuz sepamiz. Yahshilab aralashtiramiz. Qizib turgan yog´da baqlajonlarimizni oz-ozdan solib pishirib olamiz.

Pishgan baqlajonlarni avvaldan tayyorlab qo´ygan sabzavotlarimizga qo´shib yahshilab aralashtiramiz.

Salatimiz tayyor. Juda oson va mazal salat bo´ladi. Tayyorlab ko´ring afsuslanmaysiz!

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.