oshxona.net
Salatlar

Bodring salat.

Kerakli mahsulotlar:
 
Bording kichik bo’lsa 1 ta katta bo’lsa yarimta (rasimdagi bodiring Shvedskiy).
Pomidor 2dona.
Piyoz 2 dona.
Go’sht 100 gram.
Balgarskiy ikkihil yarimtadan (hamma hohlagan rangini ishlatsa bo’ladi) qovurish uchun o’simlik yog’i 1dona o’rtacha kattalikda sabzi,ukrop,chesnok 2 dona, tuz va murch.
Avval bodringni to’g’rab tuz bilan alohida idishga olib qo’yamiz.
Keyin pomidorni ichidan yumshoq qismini olib tashlab qolgan qismini uzunchoq qilib kesib olamiz.
Balgarskiylarimizni ham uzunchoq qilib kesib olamiz.
Chesnok va ukropni maydalaymiz. Sabzimizni ham ingichka qilib kesib olamiz yoki mahsuz sabzi qirg’ichdan chiqarib olsag ham buladi. Bodringni suvidan ajratib olamiz so’ngra hamma hom masalliqlarni bitta idishga solamiz.
Go’shtni uzunchoq qilib kesib piyoz bilan o’simlik yog’ida qovuramiz va 10-daqiqaga dimlab qo’yamiz.
Qo’sht pishgandan so’ng hamma masalliqlarimizni katta idishda yahshilab aralashtiramiz. Salatimiz tayyor!
 

Spread the love

6 Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.