Salatlar

Mayonezli mazali salat

Kerakli masalliqlar

 

 

1 dona qaynatilgan tovuq filesi, 8 bo´lak karam barglari, (hohishga qarab aysberg yoki ramoni salat yoki boshqa yumshoq karam bargi ishlatsa bo´ladi) kichik bo´lsa 2 dona bodring  katta  bo´lsa yarimta bodring, 2 dona tuzlanga bodring, 1-2 ta pomidor, 2 osh qoshiq mayonez, 1 piyola makkajuxori, tabga ko´ra tuz va quritilgan non kerak bo´ladi.

Barcha mahsulotlarimizni  to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Ustiga 2 osh qoshiq mayonez solib hammasini aralashtiramiz. Salatimizni aralashtirib bo´lgandan so´ng ustidan qurutilgan nonchalarimizni solib dasturxonga tortamiz. Salatimiz judaham oson va mazali bo´ladi.

Man shu masalliqlardan 5 kishiga etadigan salat tayyorladim.

Salat uchun sarflangan vaqt.

Tovuq file pishishi uchun 30 daqiqa.

Qolgan masalliqlarni tayyorlash uchun 7 daqiqa sarflandi.

Avvaldan tayyorlab pishirib olingan tovuq file bo´lsa dasturxonga tayyorlab tortishingiz uchun 10 daqiqa etarli.

Spread the love