oshxona.net
Salatlar

Mayonezli salat

Kerakli masalliqlar:

 

2 dona katta kartoshka, 1 dona yangi bodring, 2 dona sho´r bodring, 1 stakan yashil no´hot, 150 gram tovuq filesi va 3 osh qoshiq mayonez va 0,5 choy qoshiq tuz kerak bo´ladi.

Tovuq go´shtini alohida idishda qaynatib pishirib olamiz. Boshqa qozonchamizda kartoshkani qaynatib pishirib olamiz va sovutgani muzdek suvga solib  qo ´yamiz. Bu orada bodringlarimizni ikkalovini ham bir hil kattalikda kubin qilib to´g´rab olamiz. Yashil no´hotimizni ham bodrinlarimiz ustiga solamiz. Pishib tayyor bo´lgan tovuq go´shtimizni  va kartoshkalarimizni ham bir hil kattalikda to´g´raymiz.

 

Hamma masalliqlarimizni tayyorlab olganimizdan so´ng 3 osh qoshiq mayonezni solib tuz sepib hammasini yahshilab aralahtiramiz.

 

Tayyor bo´lgan salatimizni 1 soatga muzlatgichka ustini yopib olib qoýamiz. Hohishga qarab salatlarimizni bezatishimiz umkin. Salatimiz ham oson ham engil salat hisoblanadi. Ayniqsa vaqtni kam oladigan salat.

Spread the love

2 Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.