oshxona.net
Salatlar

Pentuziya salati (2 usul)

Kerakli masalliqlar:

 

250gram lahm mol go´shti, 1 paket pentuziya vermesheli, 1 dona bulgór qalampiri, 2 dona pomidor, 1 dona katta bodring, 2 dona piyoz, 50ml yog´, ukrop, 2 osh qoshiq soya sousi, yuz va ukrop kerak bo´ladi.

 

 

Eng avval go´sht va piyozni somoncha qilib to´g´rab olamiz. Go´shtni keraksiz yog´lik qismlaridan tozalab olish kerak.

O´simlik yogída go´shtimizni yahshilab qizarguncha o´rtacha olovda qovurib olamiz.

Undan so´ng piyozimizni solamiz va uniham birga tillarang bo´lguncha qovuramiz. 2osh qoshiq soya sousimizdan qo´shib pastroq olovda 15 -daqiqa dimlab qoýamiz.

 

 

Alohida idishga pomidor va bodringni bir hil qalinlikda somoncha qilib to´g´rab olamiz. Sarimsoq piyozni ham maydalab birga idishimizga solamiz.

 

 

Pentuziya vermeshelillarini qaynagan suvga ivitib yumshaguncha betini yopib olib qoýamiz. Tahminan 15 daqiqada tayyor bo´ladi. Yumshagandan so´ng suvini chovlida to´kib quruq qilib olamiz.

Sabzni qirgíchdan o´tkazib olamiz . Kashnichdona , yog´, tuz va ukrop solib yahshilab aralashtiramiz. Huddi oddiy sabzi salat qilgandek.

Hamma tayyor bo´lgan mahsulotlarimizni katta idishga solamiz va hammasini yahshilab  aralashtiramiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.