Salatlar

Pentuziya salati

Kerakli masalliqlar:

Pentuziya, 2-3 dona pomidor, yarimta bulg'or qalampiri, 2 dona bodring, 1 dona katta piyoz, ukrop, 2 dona chesnok, 100 gr lahm mol go'sht, 2 dona sabzi, 2 cho'mich o'simlik yog'i, tuz kerak bo'ladi.

Ishni avval pentuziyani qaynagan suvga solib betini yopib qo'yishdan boshlaymiz. So'ngra pomidor, bodring, ukropni somoncha qilib kesib olamiz. Keyin alohidadan qilib avval sabzini 2 daiqa qovurib olamiz chesnok bilan. Ko'p qovurmaslik kerak. Sabzi ozgina o'lsa etadi. Keyin sabzini olib qo'yib bulg'or qalampirlarimizni ham 2 daqiqa qovurib olamiz.

Undan so'ng go'shtni somoncha qilib qizarguncha qovurib olamiz. Undan so'ng piyozni yarim oy qilib tillarang bo'lguncha qovuramiz. Hamma masalliqlarimizni pishirib bo'lganimizdan keyin hammasini bitta katta idishga solib tuz bilan yahshilab aralashtirib olamiz.

Oson ham tezpishar salatimiz 20 daqiqada tayyor bo'ladi. ​

Spread the love