Salatlar

Qishki vitaminga boy salat

Kerakli masalliqlar:

2 dona qizilcha (200gram)

1 dona katta sabzi (200gram)

kashnich yoki ukrop

2  bo´lak sarimsoq

ta´bga ko´ra ozroq dengiz tuzi yoki oddiy tuz kerak bo´ladi

Qizilchani va sabzini  archib olamiz. Sarimsoqni tozalaymiz, kashnichni yuvib olamiz.

Qizilchani va sabzini homicha qirg´ichdan o´tkazib olamiz.

Sarimsoqni va kashnichni maydalab to´g´raymiz. Kashnich o´rniga ukrop ishlatsa ham bo´ladi. Mazasi yanada mazali bo´ladi.

Barcha masalliqlarni yahshilab aralashtiramiz. Ta´bga qarab oddiy tuz yoki dengiz tuzi ishlatishimiz mumkin. Yoki umuman qo´shmasa ham bo´ladi.

Salat holodilnikda 4-5 kun uzgarmay turdi. Salat juda ham vitaminlarga boy ayni qish mavsumida organizm uchun foydali hisoblanib qon va jigar faoliyatini yahshilab organizmni ortiqcha mikroplardan tozalaydi.

Ko´p eyish tavsiya qilinmaydi. Ovqat bilab yarim tarelka eyish maqsadga muofiq bo ´ladi.

Spread the love