oshxona.net
Salatlar

Sabzi salat

Kerakli masalliqlar:

 

8 dona katta qizil sabzi, 1 dona qizil bulg´or qalampiri, 2-3 dona sarimsoq piyoz, 6 osh qoshiq yog´, tuz va ukrop kerak bo´ladi.

Sabzilarimizni archib yuvib olamiz. Sabzi qirg´ichdan sabzilarimizni chiqarib olamiz.

Ukrop, sarimsoq piyoz va bulg´or qalampirini maydalab sabzini ustiga solamiz.

 

Yog´ni kastrulchaga solib gazda qizdirib olamiz va iloji boricha sarimsoq piyoz va ukropni ustiga qizigan holida quyamiz. Issiq yog´quyulganda mazasi uzgacha bo´ladi.

Barcha masalliqlarimizni yahshilab aralashtiramiz. Sabzini juda qattiq ezish shart emas sinib ko´rinishini yuqotishi mumkin.

Hohlasangiz tayyor bo´lishi bilan iste´mol qilishingiz mumkin. Salatimiz muzlatgichda bemalol 1 hafta saqlashingiz mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.