oshxona.net
Salatlar

Sezar salati

Kerakli masalliqlar:

Ketgan vaqti 30 daqiqa:

Portsiyasi: 4 kishlik

1 dona o´rtacha aysberg karami,  2 dona pomidor, 1 dona bodring, 50 gram  pishloq, 2 dona qaynatilgan tuhum, 2 osh qoshiq majonez, qurutilgan non bo´lakchalari (suharik), 250 gram tovuq filesi, limon suvi, tuz va 2 dona sarimsoq bo´lagi kerak bo´ladi.

Avvaldan tovuq filesini o´rtacha kattalikda to´g´rabozroq yog´da qovurib tayyorlab olamiz. Buning uchun bizga 3 osh qoshiq yog´va ozroq tuz kerak bo´ladi. 15-20 daqiqada filemiz tayyor bo´ladi. Bu orada ikkinchi skavarodkamizda 3-4 bo´lak nonimizni maydalab 2 osh qoshi yog´, ozroq tuz va hohishga ko´ra qurutiögan ko´katlar sepib past olovga qo´yib qoy´yamiz. Goh – gohida aylantirib turamiz bir hil quruq bo´lib pishishi uchun.10 daqiqada tayyor bo´ladi. . Boshqa bir idishga 2 dona tuhumni qaynatishga qo´yamiz.8-10 daqiqada pishib tayyor bo´ladi. Shu uchala mahsulotni pishirish uchun 20 daqiqa sarf qilinadi.

Endi karamni qo´limiz bilan o´rtacha kattalikda maydalab chiqamiz va kattaroq idishga solamiz. Bodringni ham o´rtacha kattalikda yarim oy shaklida maydalab chiqamiz.Pomidorni ham bodring qalinligida bo´laklarga bo´lib olamiz. Tovuq fileni va suhariklarni qolgan masalliqlarni ustiga solamiz.

Sarimsoqni maydalab olamiz yoki sarimsoq ezadigan mahsus moslamadan chiqarib olamiz. Ustiga mayonez va limon suvidan 1 choy qoshiq qo´shamiz. Yahshilab aralashtiramiz. Tabga ko´ra tuz sepamiz.

Mayonezni tayyorlab olgan salatimizsga solib yahshilab aralashtiramiz.

Tuhumni8 ga bo´lib olamiz va salatni ustiga rerib chiqamiz. Ustidan sirni mayda tishli qirg´ichdan o´tkazib sepib chiqamiz. Salatimiz tayyor judaham mazali bo´ladi siz ham tayyorlab ko´ring!

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.