oshxona.net
Salatlar

Vinegret salat

Kerakli masalliqlar:

5 dona qaynatilgan kartoshka

2 dona qaynatilgan kartoshka

5 dona qaynatilgan qizilcha

2-3 dona sho´r  bodring

1 bonka yashil loviya

ukrop, 4 osh qoshiq o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi.

Hamma masalliqlarimizni avvaldan qaynatib pishirib olgan bo´lishimiz kerak. Shunda oson to´g´raladi. Qizilcha, kartoshka, sabzi va sho´r bodringni mayda to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz.

Ukropni ham maydalab qolgan masalliqlarimizga qo´shamiz. Ustidan tabga ko´ra tuz va o´simlik yog´i  solib yahshilab aralashtiramiz.

Salatimiz tayyor. Ustiga hohishga ko´ra barra piyoz to´g´rab dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.