Salatlar

Vitaminga boy salat

Kerakli masalliqlar:

1 dona abzi,

1 dona pomidor,

1 dona bodring.

yarimta qizil karam,

salat barglari(ruccola, shpenat)

1 dona sarimsoq bo´lagi 2 osh qoshiq o´simlik yog´i va ozroq tuz kerak bo´ladi.

Salat barglarini yuvib olamiz. Karamni maydalab somoncha qilib to´g´raymiz.

Sabzi, pomidor va bodringni somoncha qilib to´g´rab olamiz. Sarimsoqni va ukropni maydalaymiz.

Barchasini bitta idishga solib ustidan o´simlik yog´ini solib aralashtiramiz.

Tabga ko´ra tuz solib alohidadan tarelkalarga solib dasturxonga tortamiz.

Spread the love