Suyuq taomlar

Borsh

Kerakli masalliqlar:

0,5 kg mol go´shti, 1 dona tovuq oyog´i,

katta karamni yarimtasi

2 dona piyoz,

3 dona qizilcha,

2 dona sabzi,

3 dona kartoshka,

4 dona sarimsoq piyoz bo´lagi,

2 osh qoshiq tomat pastasi,

murch, tuz, 3 osh qoshiq o´simlik yogí,

Karamni yupqa qilib to´g´rab olamiz. Sabzi, qizilchani qirg´ichdan chiqarib olamiz. Kartoshkani har birini 4 qismga bo´lib olamiz. Piyozni maydalab to´graymiz.

Avval qozonga to´ldirib suv quyamiz va go´shtni va tovuqni solamiz. Betridagi ko´pigini olib tozalb olamiz.

Bir soat o´tgandan so´ng karamni solib qaynatamiz. Orqasidan kartoshkani solamiz.

Piyozni alohida skavarodkada 3 osh qoshiq yog´ bilan qizarguncha qovuramiz.

Orqasidan sabzi solib qovuramiz. Sabzi yumshagandan so´ng  orqasidan qizilchani solamiz.

Qizilchani 3-5 daqiqa qovurib olamiz va 2 osh qoshiq tomat pastasini  va maydalab olgan sarimsoqni solamiz.

Qaynab turgan sho´rvamizga qovurib olgan mahsulotlarimizni solamiz va tahminan yarim soat qaynatib pishirib olamiz.

Taomimiz tayyor. Hohishga ko´ra smetana va ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz!

Spread the love