oshxona.net
Suyuq taomlar

Cho´zma lagmon

Kerakli masalliqlar:

300 gram lahm mol go´shti, 2 dona sabzi, 4 dona kartoshka, 1dona piyoz, 1 dona pomidor, 1 dona bulgór qalampiri, 4 dona sarimsoq piyoz, 50 ml yog´,  tuz, tabga qarab ziravorlar va ko´katlar kerak bo´ladi.

Hamiri uchun:

1 stakan suv, 1 dona tuhum, 1 choy qoshiq tuz , 500 gr un kerak bo´ladi.

Go´shtni o´rtacha kattalikda maydalab olamiz.

Kartoshkamizni har birini 6 ga bo´lamiz. Katta kichkiligiga qarab albatta. Kichikroq bo´lsa 4 qismga bo´lamiz. Sabzini ham maydalab olamiz . piyozni qalinroq qilib to´g´raymiz. Bulgór qalampiri, sarimsoq piyoz va pomidor , ko´katlarni ham to´grab olamiz.

Eng avvalqozonga yog´ni solib qizdiramiz va go´shtimizni yahshilab qizartirib qovuramiz. Undan so´ng piyozimizni solib uniham yahshilab qovuramiz.

Piyoz qizargandan so´ng pomidorni va bulgór qalampirni solib yahshilab qovuramiz. Undan so´ng ko´katlarimzni va sarimsoq piyozni solib pomidor ezilib ketguncha yahshilab tuz va ziravorlarni solib qovuramiz.

Kartoshka va sabzni solib yana 5-7 daqiqa qovuramiz va suvquyamiz. Tahminan 2 litr atrofida suv quyib o´rtacha olovda 1,5 soat mobaynida qaylamizni pishirib olamiz.

Kattaroq idishga 500 gram unni solamiz ustidan 1 dona tuhumni chaqamiz va 1 stakan suv quyib yahshilab hamir qoramiz.

Hamirimizni har 15 daqiqada mushtlab turamiz. Buni 3 marotab takrorlaymiz. Har safar hamirni selofan bilan yopib qoýish kerak tezroqdam olib tinishi uchun.

Hamirimizni tahtahmizni yog´lab qoýamiz va ozroq yoyamiz. Yoygandan so´ng bo´laklarga bo´lib lentalar qilib chiqamiz. Undan keyin kattaroq likopchaga solib ustidan yopishib qolmasligi uchun yog´surkab chiqamiz.

Lentalarimzni har 5 daqiqada navbat bilan cho´zib lagmon holiga keltiramiz. Kattaroq kastrulga suv quyib qaynatib olamiz va qaynab turgan suvda 2 osh qoshiq tuz solib lagmonlarimizni solib pishirib olamiz.

Har birini pishgandan so´ng sovuq suvda chayqab olamiz va alohida idishga solib ozgina o´simlik yogí solib aralashtiriamiz. Yopishib ketmasligi uchun.

Pishib tayyor bo´lgan lagmon hamirimizni kosachalarga solamiz va ustidan qaylamizni quyib dasturhonga uzatamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.