oshxona.net
Suyuq taomlar

Chuchvara

Kerakli masalliqlar:

150 gram qiyma, 2 dona piyoz, 1 dona sabzi , 1 dona kartoshka, 1 dona bulg'or qalampiri, 2 dona chesnok, tomat pastasi, o'simlik yog'i, 1 dona tuhum, 1 stakan suv, 3,5 stakan un tuz va ziravorlar kerak bo'ladi.

Eng avval hamir qilishdan boshlaymiz.  Unimizni idishimizga solamiz va tuhumni chaqamiz. Suv bilan tuzni aralashtirib olamiz va unimizni o’rtasiga solib aralashtiramiz. Hamir tayyor bo’lgandan so’ng ustini yopib olib qo’yamiz va qolgan masalliqlarimizni archib to’g’rab olamiz.

Qozonga o’simlik yo’gini solib avval piyozni qizartirib olamiz. Undan so’ng tomat pastasini qovuramiz. Birin ketin qolgan masalliqlarimizni ham solib yahshilab qovuramiz. Eng ohirida tuz va ukropni solib qovurib olamiz.

Qovurilib bo’lgan qaylamizni ustiga sovuq suv quyamiz. Va qaynatib olamiz. Keyin tagini pastlab o’rtacha olovda qaynatishda davom etamiz.

 

 

Qiymamizni bir dona piyozni qirg’ichdan chiqarib tuz va ziravorlar bilan aralashtirib olamiz.

Hamirimizni olib yoyishni boshlaymiz. O’rtacha yupqalikda yoyib bo’lganimizdan keyin hamirimizni uhlov yordamida tahlab chiqamiz va 2,5 cm qilib lentalarga bo’lib olamiz. Kesilgan hamirimizni lentalarini ustinma ustun qoyin 2,5 cm qilib to’rtburchak qilib kesamiz.

Tayyor kesilgan hamirlarimizga avvaldan tayyorlab qo’ygan qiymamizni solib tugamiz.

Qaylamizni balandlab  tayyor chuchvaralarimizni solamiz va 5 -7 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Tayyor bo’lgan chuchvaramizni suzib tabga ko’ra qatiq, ko’kat va murch bilan tortishimiz mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.