oshxona.net
Suyuq taomlar

Do’lma

Kerakli masalliqlar:
150 gr qiyma.
5 dona bulg’or qalampiri.
6 dona o’rtacha kattalikda kartoshkalar,
2 doka kichkina sabzi yoki bitta kattaroq sabzi.
1 dona pomidor ,yarimta bulg’or qalampiri (qovurish uchun hohlagan rangidan)
2 dona piyoz,
3 0sh qoshiq gurunch.
Chesnok 2 dona.

1 cho’mich o’simlik yog’i qovurish uchun bir bo’lak suyakli go’sht(yoki oddiy go’sht ,suyakli go’sht shirinroq maza beradi) bir osh qoshiq tomat pastasi, ukrop, tuz murch va ziravorlar kerak bo’ladi.

Eng avval qiymamizni tayyorlab olamiz. Qiymaga bitta piyozni qirg’ichdan chiqarib yoki mayda to’rtburchak qilib to’g’rab solamiz. Pomidorni po’stidan ajratib  yarmini qiymaga qo’shamiz. Keyin gurunch, tuz , ukrop va hohlagan ziravorlardan qo’shib qiymamizni yahshilab aralashtirib olamiz.

So’ng bulg’or qalampirlarimizni ichini tozalab qiymamizni solamiz. Qattiq to’ldirib yubormaslik kerak chunki gurunch ishib ichida pishmay qolishi mumkin.
Tayyor bulg’or qalampirlarimizni bir chekaga olib qo’yamiz va qozonga yog’ solamiz.

Qizigan qozondagi yog’ga suyakni solib qizartirib qovuramiz keyin bitta tog’ralgan piyozimizni solib uniham qizarguncha qovuramiz. Keyin qolgan yarimta pamidorni va tomat pastani solib qovurib olamiz. Keyin sabzini o’rtacha qalinlikda qilib kesib uniham qovuramiz. Kartoshkalarni bo’lmasdan butun holicha solamiz. So’ngra tuz, sarimsoq piyozni,ukropni solib qovuramiz tahminan 8-10 daqiqa atrofida yahshilab qovurish kerak.

So’ngra tahminan 1,5 -litr atrofida suv quyamiz va qaynab chiqqandan so’ng avvaldan tayyorlab qo’yilgan bulg’or qalampirlik dolmamizni solamiz va tahminan 1 soat atrofida pishirib olamiz.

Ovqatimiz tahminan 1 soat qaynab atrofida tayyor bo’ladi. Oson ham mazalik suyuq taomlardan bo’ladi.

 

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.