oshxona.net
Suyuq taomlar

Ko´cha osh

Kerakli masalliqlar:

100-150 gram lahm mol go´shti,

2 ta kartoshka, 1 ta  sabzi dona,

1 ta  bulg´or qalampiri, 1 ta  pomidor,

2 osh qoshiq tomat sousi,

1 ta piyoz, 2-3 dona sarimsoq piyoz, 

1,5 piyola juvori ,  2,5 litr suv,

50 ml o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi.

Baracha masalliqlarni to´rt burchak shaklida maydalab to´g´rab olamiz. Eng avval qozonga yog´ni solamiz va ozroq qizdirib olamiz. Undan so´ng go´shtni solib qizargunga qadar qovuramiz.

Undan so´ng piyozni solib qizarguncha qovuramiz.

Piyoz qizargandan keyin pomidorni va sarimsoqni maydalab solib yahshilab qovuramiz. Tomat sousiga ta´bga ko´ra ozroq ko´kat solsak ham bol´ladi. Tomat sousini ham solib yana yahshilab 2-3  daqiqa qovuramiz.

Kartoshka, sabzi, va bulg´or qalampirini solamiz va ta´bga ko´ra tuz sepamiz. 5-7 daqiqa qovuramiz so´ngra suv quyamiz.

Juvorini yuvib qozonga solamiz. Tahminan 1,5 soatlar atrofida pishib tayyor bo´ladi. Juvorini har hil turlari bo´lib pishish vaqti bir -biridan farq qiladi. Shuning uchun uzingiz vaqti vaqti bilan qarab turishingiz lozim.

Hamma uz hohishiga qarab taomni dasturxonga tortishi mumkin. Manqatiq, achiq qalampir va rayxon bilan tortdim. Tayorlab ko´ring albatta yoqadi.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.