oshxona.net
Suyuq taomlar

Lagmon

Kerakli masalliqlar:

 

1 karopka barilla lagmoni, 250 gram lahm mol go´shti,  1 dona pomidor, 1 dona qizil bulg´or qalampiri, 2 dona piyoz, 2 dona sabzi, 4 dona kartoshka, rayhon, petrushka, ukrop, 50 ml yog´, tuz kerak bo´ladi.

Go´shtni kattaroq qilib to´g´rab olamiz. Kartoshkani 6 ga bo´lamiz, sabzni yumaloq qilib maydalaymiz. Bulg´or qalampirini katta to´rt burchak qilib olamiz. Piyozni ham olti qismga bo´lib katta katta qilib bo ´lamiz. Pomidorni po´stini archib maydalaymiz. Ko´katlarni hammasini maydalab to´g´raymiz.

Eng avval qozonga yog´ni solib go´shtni yahshilab qovuramiz.

Go´sht yahshi qovurilgandan so´ng piyozni solib qizartirib olamiz.

Undan so´ng pomidorni solib ezilguncha yahshilab qovuramiz.

Kartoshka va sabzni va tuz solib 5 daqiqa qovuramiz.

 

Eng so´ngida bulg´or qalampiri va ko´katlarni solib 3-4 daqiqa qovuramiz.

3 Litr suv quyib 1 soatdan ko´proq qaynatib pishirib olamiz.

Alohida kastrulda qaynagan suvga tuz solib lagmonlarimizni pishirib olamiz. Pishgandan so´ng sovuq suvda chayqab olamiz. Tayyor bo´lgan lagmonlarni chinniga solib ustidan qayla quyib dasturxonga tortamiz. Hohishga qarab ko´katlar bilan berishimiz mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.