oshxona.net
Suyuq taomlar

Moshxo’rda

Kerakli masalliqlar:

1 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 bo'lak mol go'shti, 1 osh qoshiq tomat pastasi, 1 dona bulg'or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 1 cho'mich o'simlik yog'i, tuz, ziravorlar, 1piyola mosh, 3 osh qoshiq gurunch va ko'kat kerak bo'ladi.

Eng avval qozonga o’simlik yog’ini solamiz va ozgina qizdirib olamiz. Undan so’ng maydalab to’g’rab olgan mol go’shtimizni qovuramiz. Yahshilab qizartirib qovurganimizdan so’ng piyozni solib uniham yahshilab qovurib olamiz

Keyin avvaldan to’grab olagan sabzi, kartoshka, bulg’or qalampiri va sarimsoq piyozlarni hammasini solib yahshilab qovuramiz. Undan so’ng tomat pastasini solib qovurishda davom etamiz. Tuz va hohishga qarab hohlagan ziravor qo’shish mumkin.

Hamma masalliqlarni solib yahshilab qovurganimizdan so’ng sovuq suv quamiz. 2 litrdan sal oshiqroq suv quyiladi. Undan so’ng moshimizni chayqab suvga solamiz va mosh yorilguncha qaynatamiz.

 

 

Mosh yorilgandan so’ng gurunchimizni yuvib uniham solamiz va 20 daqiqa davomida gurunch pishguncha yana qaynatib olamiz.

Ovqatimiz pishgandan so'ng kosalarga suzib hohishga qarab ko'kat, qatiq va murch bilan dasturhonga tortish mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.